Daryo

Dunyo bo‘yicha bir sutkada 24 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirib oldi

Shunday qilib, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 234 073 kishiga yetgan

1 daqiqa o‘qish76 984 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

O‘tgan bir sutka ichida butun dunyo bo‘ylab 24 mingdan ortiq odam yangi turdagi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, deb xabar bermoqad Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

Foto: Reuters

Shunday qilib, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 234 073 kishiga yetgan.

O‘tgan bir sutka ichida qayd etilgan kasallarning aksariyati Yevropada (17 506), sezilarli darajada kamroq holatlar (4104) Janubiy va Shimoliy Amerika hududlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari, JSSTning ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida butun dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida 1061 kishi vafot etgan, jami vafot etganlar soni 10 mingga yaqinlashib qoldi.

Virus oqibatida vafot etganlarning akrasiyat qismi Italiya hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 3407 kishi. Mavzuga doir: 20-mart holatiga O‘zbeksitonda jami 33 nafar odamda koronavirus yuqtirib olish holati qayd etilgan. Bog‘cha, maktab, oliy ta’lim muassasalari yopilgan, massaj salonlari, diskotekalar, diskobarlar, bolalar o‘yin zallari 19-martdan, choyxona, oshxona, karaoke, chilim markazlari faoliyati esa 21-martdan boshlab vaqtincha to‘xtatilgan,
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar