Daryo

Samarqandda yirik YTH: 2 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi

Voqea joyida tezkor-qidiruv guruhi ish olib borib, avariya sabablarini o‘rganmoqda

1 daqiqa o‘qish113 428 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tergov departamenti

Samarqand viloyatida Narpay tumani 16-mart kuni soat taxminan 21:40 da to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti

Boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti haydovchisi harakat yo‘nalishini ajratib turuvchi beton to‘siqqa, undan “Gazel” mikroavtobusiga urilgan. Yengil mashina orqasidan xuddi shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan VAZ-2106 va Nexia-2 avtomobillari ham avariyaga uchragan.

YTH oqibatida mikroavtobus haydovchisi hamda bir nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan, yana bir nafar yo‘lovchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Mikroavtobusning 9 yo‘lovchisi hamda Lacetti haydovchisi turli tan jarohatlari bilan tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Voqea joyida tezkor-qidiruv guruhi ish olib borib, avariya sabablarini o‘rganmoqda.

Mavzuga doir: Nukusda traktor va Nexia to‘qnashuvi oqibatida avtomobil yonib ketdi, 2 kishi halok bo‘ldi

Avvalroq IIV YHXBB O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—fevral oylarida 802 ta YTH sodir bo‘lgani, ularning 255 tasi o‘lim bilan yakunlangani haqida xabar bergandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar