Daryo

Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 145 mingga yetdi. 5400 dan ortiq odam vafot etdi

Shuningdek, kasallanganlarning 71 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘ldi, 5429 nafari vafot etdi

1 daqiqa o‘qish66 788 ko‘rishlar0 izoh0

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 145 ming kishiga yetdi. Ulardan 71 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘ldi, 5429 nafari vafot etdi. Bu haqda dunyo bo‘ylab koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yig‘ayotgan Jon Hopkins universiteti xabar berdi.

Foto: Xinhua

Xitoyda so‘nggi bir sutka ichida 11 kishi yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib oldi. Ularning 4 nafari Xitoyda kasallangan, qolganlari Italiya, AQSh va Saudiya Arabistonidan kelgan sayyohlardir. Qayd etilishicha, boshqa mamlakatlardan virus yuqtirish holatlari Xitoyning o‘zida kasallanganlar sonidan birinchi marta oshib ketdi. Umumiy hisobda mamlakatda 80 824 kishi kasallangan, 3 189 kishi vafot etgan.

Italiyada so‘nggi sutkada koronavirusdan 250 kishi vafot etgan. Mamlakat Yevropada COVID-19 koronavirusiga chalingan fuqarolar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar