Italiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Salvatore Farina yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi La Repubblica.

Farina bu haqida shaxsan ma’lum qilgan. Hozirda u o‘zini yaxshi his etmoqda. Ta’kidlanishicha, bosh shtab boshlig‘i izolyatsiyada saqlanmoqda.
Farinadan tashqari Lodi kommunasi prefekti (politsiya boshlig‘i) Marchello Kardonada ham koronavirus aniqlangan.
8-mart kuni Pyemont viloyati rahbari Alberto Chirio ham virus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgandi. Bundan tashqari koronavirus Italiya Demokratlar partiyasi rahbari Nikola Dzingarettida ham aniqlangan. Mavzuga doir:- Italiya koronavirusdan o‘lim holatlarining foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rindagi mamlakatga aylandi
- Italiyada koronavirusning tarqalishi munosabati bilan O‘zbekiston delegatsiyalarining 20 dan ortiq safari qoldirildi








