Italiyaning Pyemont viloyati hokimi Alberto Chirio COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgani ma’lum qilindi. Bu haqda RAI News’da berilgan bayonotga asoslanib “RBK” xabar tarqatdi.

Chirioning so‘zlariga ko‘ra, unda kasallikning asosiy alomatlari namoyon bo‘lmagan va u o‘zini yaxshi his etmoqda. Hokimning koronavirus bilan kasallangani Pyemont hokimligining ishiga salbiy ta’sir qilmasligi qayd etilgan.
Chirio o‘z uyida rafiqasi va ikki nafar farzandi bilan birgalikda karantinga olingan. Hokim masofadan turib viloyatni boshqarishda davom etadi.
7-mart, shanba kuni, Italiya Demokratik partiyasi rahbari Nikola Zingaretti ham koronavirusga tekshirilganidan so‘ng uning natijalari ijobiy bo‘lganini ma’lum qilgandi. Siyosatchi ham bir necha kun davomida uyida karantinga olinishi va masofadan turib ishlashini bildirgan. Mavzuga doir:- JSST koronavirusning yozda butunlay yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi xabarlar yolg‘onligini ma’lum qildi
- Nyu-York gubernatori koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qildi
- Bloomberg: Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 2,7 trln dollargacha zarar keltirishi mumkin
Mavzuga doir: Italiyada koronavirusning tarqalishi munosabati bilan O‘zbekiston delegatsiyalarining 20 dan ortiq safari qoldirildi








