Daryo

Foto: Andijon “gaz zapravka”sidagi portlash tafsilotlari ma’lum qilindi

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish131 954 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tergov departamenti matbuot xizmati

IIV huzuridagi Tergov departamenti 25-fevral kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yuz bergan portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Foto: Tergov departamenti matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 32 yoshli Sh.O.ning boshqaruvidagi Nexia avtomashinasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida gaz quyish shoxobchasi xodimi A.K. jarohatlanib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Boshqa jarohatlanganlar qayd qilinmagan. Portlashda 6 ta avtomashinaga turli darajada shikast yetgan.

Tekshiruvlarda aniqlanishicha, ushbu mashinada 2012-yilda ishlab chiqarilgan 100 litr hajmdagi gaz ballon 2018-yilda o‘rnatilgan. Qolaversa uning seriya raqamlari gaz uskunasini qayd etish hujjatlariga mos kelmasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Tergov departamenti matbuot xizmati
Foto: Tergov departamenti matbuot xizmati
Foto: Tergov departamenti matbuot xizmati
Foto: Tergov departamenti matbuot xizmati

Mavzuga doir: Video: Andijondagi gaz “zapravka”da Nexia portladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar