Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

10-fevral, dushanba kuni, 27 yoshli fuqaro A.A. O‘rta Chirchiq tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘ziga tegishli Matiz rusumli avtomashina noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilganligini bildirgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departament

Foto: IIV huzuridagi Tergov departament

A.A.ning arizasiga asosan, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi 29 yoshli B.Ya. sodir etganligi aniqlanib, O‘rta Chirchiq tumani “Guliston” mahallasi hududidan o‘tgan Nurafshon—Toshkent avtomobil yo‘lining 11-kilometrida Matiz bilan birga qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Ya.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi