Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda 12-fevral, chorshanba kuni, qo‘lida pichoq tutgan va niqobdagi bir o‘smirning stulda qo‘li bog‘langan holda o‘tirgan tengdoshiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni urayotgani aks etgan video tarqaldi. Videoda niqobdagi o‘smir pichoq bilan tengdoshining hayotiga tahdid solayotganini ko‘rish mumkin. Qo‘li bog‘langan holda stulda o‘tirgan o‘smirning yuzi va kiyimi qonga belangani ko‘rinadi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur videoni o‘rgandi va video bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, videodagi o‘smirlarning suhbatidan ularning Andijon viloyatidan ekanligini bilish mumkin. Ichki ishlar idoralari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida videodagi yoshlarning shaxsi aniqlangan. Videodagi holat esa mazkur o‘smirlar tomonidan sahnalashtirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Stulda qo‘li bog‘liq holda o‘tirib, jabrlanuvchi rolini o‘ynagan, Shahrixon tumanida yashovchi 10-sinf o‘quvchisi S.O.ning ma’lum qilishicha, video uning uyida hashar bo‘layotgan vaqtda olingan. S.O. o‘z do‘stlari bilan uyni ta’mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtda, uning kiyimiga qizil bo‘yoq tomgan va qonga o‘xshab qolgan. Shundan so‘ng do‘stlar mazkur videoni tasvirga olishga qaror qilgan. Uning aytishicha, bu video ortidan uning ota-onasi betob bo‘lib qolgan.

O‘smirlarning ikkinchisi — videoda qo‘lidagi pichoq bilan aks etgan yigit, 2002-yilda tug‘ilgan 11-sinf o‘quvchisi K.Q.ning aytishicha, ular mazkur videoni shunchaki o‘zlari uchun tasvirga olgan, uning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketishi haqida o‘ylamagan.

Mazkur holatni tasvirga olgan uchinchi o‘smirning so‘zlariga ko‘ra, videodagi gaplar to‘qima bo‘lgan, ular shunchaki videoning qiziq chiqishi uchun aytilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Shahrixon tumani IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. To‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilinishi uchun tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaga yuboriladi.

Avvalroq Toshkent shahar Chilonzor tumanida bir yigit ustki kiyimini yechib, avtomobil yo‘lining o‘rtasida raqsga tushgani aks etgan video tarqalgan. Yo‘l o‘rtasidagi mazkur raqqos bu harakatlari uchun jarimaga tortilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi