Daryo

Rossiyada kasalxonaga yotqizilgan uch nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlanmadi

Ular kasallangan xitoylik talaba qiz bilan bir samolyotda Tyumenga kelgandi

1 daqiqa o‘qish62 810 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pxfuel

Rossiyaning Nijnevartovsk shahrida (Xanti-Mansiysk avtonom okrugi — Yugra) kasalxonaga yotqizilgan uch nafar o‘zbekistonlikda koronavirus borligi tasdiqlanmadi. Bu haqda “Rospotrebnadzor”ning hududiy bo‘limiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Pxfuel

“Ha, O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan tahlil natijalari keldi. Bu koronavirus emas — gripp yoki O‘RVI. Bizda boshqa ma’lumotlar yo‘q”, — degan agentlik suhbatdoshi.

Qayd etilishicha, hozirda Rossiyada infeksiyaning tasdiqlangan ikkita holati  — Baykalorti o‘lkasi va Tyumen oblastida Xitoy fuqarolari orasida aniqlangan. Tyumenga kasallangan xitoylik talaba qiz bilan bir samolyotda kelgan o‘zbekistonlik ishchilar koronavirus borligini tekshirish maqsadida Nijnevartovskdagi kasalxonaga yotqizilgandi.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, Yugrada koronavirus tufayli 31 kishi tibbiy nazoratda turgani, ulardan tahlillar olinib, tadqiqotlar o‘tkazilayotgani va ularning sog‘lig‘i yaxshi ekanligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: Bortida 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan samolyot Pekindan Toshkentga uchib kelmoqda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar