Universal Pictures Studios studiyasi Jastin Lin rejissorligida suratga olingan “Forsaj-9” filmining treylerini namoyish etdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Qariyb 4 daqiqa davom etuvchi treylerdan ko‘rinishicha, yangi filmda Dominik Toretto (Vin Dizel) o‘zining akasi, o‘g‘ri, qotil va poygachi bo‘lgan Jeykobga qarshi kurashadi. Avvallari u haqda hech narsa deyilmagan.

Unda, shuningdek, filmning avvalgi qismlarida halok bo‘lgani ta’kidlangan Xan (Son Kan) paydo bo‘ladi. Hozircha uning qanday tirik qolgani noma’lum. Bundan tashqari, treylerda bosh qahramonning o‘g‘li borligini ham ko‘rish mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, film premyerasi 2020-yilning 22-mayida bo‘lib o‘tadi.