Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 28-dekabr kuni imzolangan “O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Qiymati 5 million dollar bo‘lgan loyiha Yaponiyaning Digital Knowledge kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yanvar oyida Yaponiya universitetlari va kompaniyalarining vakillarini O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.

Mart oyining oxiriga esa oliy ta’lim muassasasini ochish bo‘yicha konsepsiya tayyor bo‘lishi lozim. Iyun oyiga qadar universitetning ochilishiga doir normativ hujjatlar tasdiqlanadi.

OTMga talabalarni qabul qilishning aniq muddati qarorda ko‘rsatilmagan.

Universitetni ochish masalasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov boshchiligidagi delegatsiyasiyaning Tokioga tashrifi vaqtida muhokama qilingandi.

Digital Kvowledge — 1995-yilda ochilgan bo‘lib, elektron ta’lim sohasiga ixtisoslashgan texnologik kompaniya.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi