Daryo

Ryazanda 5 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan Captiva YTHga uchradi

Ular “Shilovsk” markaziy kasalxonasiga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish126 510 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Komsomolskaya Pravda”

Rossiyaning Ryazan viloyatida 20-dekabr kuni yuz bergan YTHda 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Foto: “Komsomolskaya Pravda”

“Komsomolskaya Pravda”ning yozishicha, voqea viloyatning Putyatin tumanidan o‘tuvchi M-5 trassasida soat 00:25 da sodir bo‘lgan. Kia Rio mashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi tezlikni oshirib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan o‘zbekistonlik fuqaro boshqaruvidagi Chevrolet Captiva bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Kia Rio avtomobilining haydovchi va yo‘lovchisi halok bo‘lgan. Chevrolet Captiva’da bo‘lgan 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari esa “Shilovsk” markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar