Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 18-turi doirasida 15-dekabr, yakshanba kuni 3 ta bahs nihoyasiga yetdi.
Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi mehmonda “Sent-Enyenn”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv davomida parijliklar jamoasi vakillari Leandro Paredes (9), Kilian Mbappe (43, 89) hamda Mauro Ikardi (72) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Natijada Parij klubi “Sent-Etyenn” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi (4:0).
Qayd etish joiz, bellashuvning 25-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Jan-Ed Axolu hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan PSJ ochkolari sonini 42 taga yetkazib oldi. “Sent-Etyenn” esa 25 ochko to‘plab, 11-o‘rinda bormoqda.
Liga 1
18-tur bahslari
15-dekabr, yakshanba
“Bordo”—“Strasburg” 0:1
Gol: 0:1 — 11 Ajork“Lion”—“Renn” 0:1
Gol: 0:1 — 89 Kamavinga“Sent-Etyenn”—PSJ 0:4
Gollar: 0:1 — 9 Paredes, 0:2 — 43 Mbappe, 0:3 — 72 Ikardi, 0:4 — 89 MbappeYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)