2020-yil 1-martdan plastik shakldagi kadastr pasporti joriy etiladi
Plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk obyekti kadastr pasporti Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida – 2020-yil 1-martdan joriy etiladi
1 daqiqa o‘qish94 851 ko‘rishlar0 izoh0
“Ko‘chmas mulk obyekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.
Foto: Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi
Qarorga ko‘ra, plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk obyekti kadastr pasportining yangi namunasi:
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida — 2020-yil 1-martdan boshlab;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda esa — 2020-2022-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
2020-yil 1-martdan boshlab Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DXMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.