Daryo

Forbes Uzbekistan’ning bosh muharriri kim bo‘lishi aniq bo‘ldi

Jurnalning ilk soni mart oyida chop etiladi

1 daqiqa o‘qish62 828 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Forbes.kz”

O‘zbekistonda Forbes jurnali tahririyati ish boshlashi haqida xabar berilgan edi.

Foto: “Forbes.kz”

Yangi jurnal tahririyati binosi Toshkent shahrida bo‘ladi. Mushtariylarga nashrning bosma va sayt ko‘rinishidagi versiyasi taqdim etiladi. Jurnal hozircha faqat rus tilida, sayt esa rus va o‘zbek tillarida bo‘ladi.

“Forbes.kz”ning xabar berishicha, nashrning O‘zbekistondagi tahririyatini Anastasiya Novikova boshqaradi. U bir vaqtning o‘zida jurnal va sayt bosh muharriri hisoblanadi.

“Biz uchun o‘quvchilarimizga sifatli maqolalar taqdim etish juda muhim. Biz har doim berilayotgan materiallarimiz darajasiga e’tibor bilan yondashamiz. Shuning uchun biz hozir O‘zbekiston aholisi uchun qiziq bo‘ladigan mavzular tanlash ustida ishlamoqdamiz.

Forbes Uzbekistan’ning birinchi bosh muharriri Anastasiya Novikova bo‘lishini e’lon qilishdan mamnunman. Anastasiya ‘Forbes.kz’ni yangi darajaga olib chiqqan inson. Uning yangi loyiha ustida ishlashga ham vaqt topa olayotganidan xursandman. U bir paytning o‘zida ham sayt, ham jurnalni boshqaradi. O‘ylaymanki, Anastasiya o‘ziga yuklatilgan vazifani uddalay oladi” — deydi Forbes Uzbekistan muassisi Armanjon Baytasov.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Forbes jurnali chop etiladi. Jurnalning ilk soni martda chiqadi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar