Daryo

Turkiya Yevropada teraktlar tashkillashtirgan IShID yetakchilaridan birini qo‘lga tushirdi

“Suriyada IShID rahnamolaridan biri qo‘lga tushdi. U Yevropa hamda Turkiyada katta teraktlarning amalga oshirilishida ishtirok etgan terrorchi”, — deya xabar bergan Turkiya ichki ishlar vaziri

1 daqiqa o‘qish30 642 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “News.ru”

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu 15-noyabr, juma kuni IShID terrorchilik tashkilotining yetakchilaridan biri qo‘lga tushganini ma’lum qildi, deb xabar bergan “TASS”.

Foto: “News.ru”
“Suriyada IShID rahnamolaridan biri qo‘lga tushdi. U Yevropa hamda Turkiyada katta teraktlarning amalga oshirilishida ishtirok etgan terrorchi. Biz uni so‘roq qilishda davom etyapmiz”, — deya ta’kidlagan Turkiya ichki ishlar vaziri. Mavzuga doir:  Oktabr oxirida Suriyaning Idlib viloyatidagi operatsiyada IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘lgani ma’lum qilingan, keyinroq ushbu ma’lumotni AQSh prezidenti Donald Tramp rasman tasdiqlagandi.

Mavzuga doir: Al-Bag‘dodiy o‘limidan oldin cho‘ponlar libosida yurgan va xavfsizligi haqida ko‘p qayg‘urgan

Noyabr boshida Suriyada Al-Bag‘dodiyning opasi, pochchasi va ularning kelini qo‘lga tushgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ulardan tashqari sobiq IShID rahbarining xotini va bolasi ham Anqara ixtiyorida ekanligini bildirgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar