Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

- bolaning ota-onasi;
- ota-onaning qonuniy nikohi mavjud bo‘lgan hollarda ulardan biri;
- ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs;
- ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari.
Bundan tashqari, endilikda dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin bo‘ldi.
Ilgari dalolatnoma yozuvlariga ishonchnoma orqali o‘zgartirish kiritish mumkin bo‘lmagan.








