• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Deputat Rasul Kusherboyev Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonliklarni himoya qila olmayotganini ma’lum qildi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rasul Kusherboyev va Bekzod Ortiqov so‘nggi paytlarda xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq noxush holatlar ko‘payib borayotgani hamda bunday holatlarda tegishli diplomatik vakolatxona hamda konsulliklarimizning faoliyati talab darajasida emasligi haqida fikr bildirdi.

    Foto: Uz24

    Foto: Uz24
    So‘nggi vaqtlarda Internet butunjahon axborot tarmoqlari orqali musofirchilikda mehnat qilayotgan fuqarolarimiz bilan bog‘liq turli noxush holatlar haqida eshityapmiz.

    Shunday holatlar qatorida Turkiya davlatida hayoti o‘lim bilan yakun topgan yurtdoshimiz N.Qodirova bilan bog‘liq vaziyatni keltirish mumkin. Mazkur masala ko‘pchilik qatori biz uchun ham qayg‘uli.

    Bu holat yana bir bor chet ellarda vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlarimizni huquqiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga doir masalalarni kompleks tarzda qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda. Va afsuski bunda tegishli diplomatik vakolatxona hamda konsulliklarimizning faoliyati talab darajasida emasligini bildirib o‘tmoqchimiz.

    Chunki yosh fuqaromiz Nodira Qodirovaning masalasi bo‘yicha turkiyalik faol jamoatchilik vakillari zarur qonuniy choralarni ko‘rib, haqiqatni qaror toptirish talabini qo‘yayotgan bir paytda, Tashqi ishlar vazirligi vaziyat elchixona nazoratida ekanligini bildirib o‘tish bilan cheklandi xolos.

    Biroq nazarimizda elchixona va konsullik xizmati avvalo vaziyatni inson o‘limiga olib kelgunga qadar nazoratga olishi va shu vaqt ichida fuqarolarimizga zarur huquqiy yordam ko‘rsatishi kerak edi. Chunki konsullik avvalo marhum emas, hayot fuqarolarimizga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish uchun tashkil etilgan.

    Biz Turkiya huquqni muxofaza qilish idoralari tomonidan bu holat bo‘yicha tergov ishlari inson huquqlarini himoya qilishning oliy darajasida ko‘rilib shaffof, adolatli va qonuniy olib borilishiga qattiq umid qilamiz.

    Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: nima uchun chet ellardagi elchixona va konsulliklarimiz fuqarolarimizni huquqiy himoya qilish, ularning sarsongarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik borasida haligacha “passiv”lik qilishmoqda? Chet ellardagi elchixona va konsulliklarimizda turli byurokratik qoidalar, navbatlar va ba’zan konsullarimizning inson taqdiriga befarq bo‘lishi kabi holatlar haqida saylovchilardan ham ko‘p bora eshitishga to‘g‘ri kelmoqda.

    Vaholanki, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasiga muvofiq chet elda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligidan foydalanadilar. Buni amalga oshirishda esa biz elchixonalarimiz va konsulliklarimizga suyanamiz.

    Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga muvofiq konsullik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda berilgan barcha huquqlardan to‘liq hajmda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan choralar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladi.

    Shuningdek, yaqinda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakat hududi va tashqarisida ham ishonchli ijtimoiy va huquqiy himoya kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha alohida farmoni qabul qilindi.Turkiyadagi holat ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan birgina misol xolos. Afsuski boshqa mamlakatlardagi vaziyat ham havas qilarlik emas aslida.

    O‘zLiDeP tomonidan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash vazifasi saylovoldi platformasining ustuvor vazifalari qatorida belgilanayotgan bir vaqtda biz Turkiyadagi noxush holatdan kelib chiqib, Tashqi ishlar vazirligi chet ellardagi barcha elchixona va konsulliklarimiz tomonidan fuqarolarimizni huquqiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi sustkashliklari yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishi kerak, deb hisoblaymiz.

    Shu bois, mazkur masala bo‘yicha deputatlik so‘rovi kiritib, tez kunlarda uning natijalari haqida jamoatchilikni xabardor qilishga qaror qildik.

    Rasul Kusherboyev, Bekzod Ortiqov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari

    04.10.2019, 07:14   Izoh (0)   28643
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangan viloyati hokimligi viloyatdagi barcha attraksionlar texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini ma’lum qildi

    04.10.2019, 05:38

    Toshkentda “Tez yordam” shifokorini do‘pposlagan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    03.10.2019, 23:58

    DXX Qirg‘izistondan olib kirilgan giyohvand moddalarni musodara qildi

    03.10.2019, 23:42

    Qo‘qon Xalqaro hunarmandchilik festivali har ikki yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi

    03.10.2019, 22:57

    Kogonda maktab o‘quvchilari paxta terimiga dam olish va bayram kunlari jalb etilgani ma’lum bo‘ldi

    03.10.2019, 22:27

    O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida xalqaro savdo markazi yaratiladi

    03.10.2019, 21:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin “Oreshnik” ballistik raketasi ommaviy ishlab chiqarilishini aytdi

    Dunyo | 24 iyun, 11:06

    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

    Reklama | 24 iyun, 10:30

    Toshkent metrosining 7 ta bekati oralig‘ida harakat to‘xtatiladi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 10:42

    Qochib ketgan kelin, to‘satdan vafot etgan sozanda: xonanda Xurshid Rasulov to‘ylarda bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz holatlar haqida

    Musiqa | 24 iyun, 10:36

    O‘zbekistonda 25-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 10:25

    “Do‘stlik” posti orqali yuklar elektron navbat bilan o‘tkaziladi

    Dunyo | 24 iyun, 10:21

    Messi “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida dastlabki 1/8 final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 24 iyun, 10:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.