Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda yuz bergan dahshatli YTH videosi tarqalmoqda, deb xabar beradi Zarnews.

Foto: Zarnews

Tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, voqea 10-sentabr, seshanba kuni taxminan soat 7:30 larda Ibn Sino ko‘chasida yuz bergan.

Nexia 3 avtomashinasi bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Nexia avtomashinasi bilan to‘qnash kelgan. Natijada Nexia avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Matiz avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Matiz avtomashinasidagi yo‘lovchi ayol old oynadan uchib chiqib ketgan va voqea joyida vafot etgan.