Daryo

O‘zbekistonlik migrant Leningraddagi qurilish maydonida balandlikdan qulab, halok bo‘ldi

Hozirda marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish masalasi hal qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish54 826 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Nevskie novosti”

Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxona 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi M.I.ning jasadi topilganligi haqidagi OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Foto: “Nevskie novosti”

Xabar qilinishicha, 2019-yil 3-sentabr kuni M.I. Leningrad viloyatining Vsevolojsk tumanidagi qurilish maydonchasida balandlikdan qulash natijasida halok bo‘lgan.

Fojiali voqea yuzasidan bosh konsulxona Leningrad viloyati huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Hozirda marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish masalasi hal qilinmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar