Daryo

Deputatlar Qurilish vaziri lavozimiga Botir Zokirov nomzodini ma’qulladi

U 2018-yildan buyon Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi

1 daqiqa o‘qish56 742 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Qurilish vazirligi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Qurilish vaziri lavozimiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Botir Zokirov nomzodini ma’qulladi.

Foto: Qurilish vazirligi

Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant bo‘lib turgan edi.

Botir Zokirov 1963-yili Toshkentda tug‘ilgan. 1988-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1980-yili Toshkent asbobsozlik zavodi yig‘uvchi-chilangarligidan boshlagan.

Botir Zokirov 2011—2018-yillarda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi vazifasida mehnat qilgan. 2018-yildan buyon Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.