AQSh sobiq prezidenti Barak Obama yoz faslida turmush o‘rtog‘i bilan eshitgan eng sevimli qo‘shiqlari pleylistini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Yle

“Yoz fasli tugayotgani sabab Mishel ikkimiz nimani eshitganimizga misol keltirishga qaror qildim. Biroz yangi, biroz eski, biroz tez va sekin qo‘shiqlarni eshitib, siz ham rohatlanasiz degan umiddaman”, — deb yozadi sobiq prezident.

Obama tomonidan e’lon qilingan 44 ta qo‘shiq ichida Dreyk, Stivi Uander, Jay-Z va Lizzo ham bor.

Foto: Twitter / Barak Obama

Masalan, Obamaning pleylistidan Drake va Rihanna’ning 2016-yilda chiqqan Too Good qo‘shig‘i o‘rin olgan. Singl tiraji 0,6 million nusxadan oshgan bo‘lib, Billboard jurnali uni 2016-yilgi AQShning eng yaxshi qo‘shiqlari ro‘yxatiga qo‘shgan.