17—18-avgust kunlari futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 2-turi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@staderennais

17-avgust, shanba kuni “Monako” “Mets” maydoniga safar qildi.

Uchrashuv davomida mezbon jamoa hujumchisi Habib Diallo (11—penalti, 53) dublga erishgan bo‘lsa, fransiyalik yarim himoyachi Reno Koad (66) o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Monako” “Mets”ga qarshi kechgan bahsda o‘z darvozasidan javobsiz 3 ta to‘p olib chiqdi va ochko yo‘qotdi (0:3).

Qayd etish joiz, bu “Monako”ning mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyati.

18-avgust, yakshanba kuni mamlakatning amaldagi chempioni Parijning PSJ klubi mehmonda “Renn” bilan bellashdi.

Uchrashuv davomida Parij klubi hujumchisi Edinson Kavanining (36) goliga “Renn” Mbaye Nyang (44) hamda Romen Del Kastiyo (48) tomonidan urilgan gollar bilan javob qaytardi.

Shu tariqa PSJ musobaqaning 2-turida “Renn”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ochkodan mahrum bo‘ldi.

2-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Liga 1

2-tur bahslari

17-avgust, shanba

“Nant”—“Marsel” 0:0

“Mets”—“Monako” 3:0

Gollar: 1:0 — 11, penalti, Diallo, 2:0 — 53 Diallo, 3:0 — 66 Koad

“Tuluza”—“Dijon” 1:0

Gol: 1:0 — 54 Makengo

“Nim”—“Nitssa” 1:2

Gollar: 0:1 — 10, penalti, Sipryen, 0:2 — 16 Ganago, 1:2 — 45, penalti, Ripar

“Amyen”—“Lill” 1:0

Gol: 1:0 — 70 Girassi

“Bordo”—“Monpelye” 1:1

Gollar: 0:1 — 22 Delor, 1:1 — 69 Maja

18-avgust, yakshanba

“Sent-Etyenn”—“Brest” 1:1

Gollar: 0:1 — 45 Fossurye, 1:1 — 83 Buanga

“Reyms”—“Strasburg” 0:0

“Renn”—PSJ 2:1

Gollar: 0:1 — 36 Kavani, 1:1 — 44 Nyang, 2:1 — 48 Del Kastiyo

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!