Ukraina davlat tergov byurosi tergovchilari suddan mamlakatning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoni “yolg‘on detektori” yordamida so‘roq qilish ruxsatini oldi, deb xabar beradi “Vedomosti”.

Foto: Unian

“Sudning qarori borligiga qaramay, so‘roqni o‘tkazish uchun Poroshenkoning o‘zidan ham ruxsat olish kerak. Shuningdek, poligrafdan foydalangan holda so‘roq faqat tergovchining xonasida, sud jarayonigacha bo‘lgan maxfiylikka rioya qilinib o‘tkaziladi”, — deydi byuro matbuot kotibi Anjelika Ivanova.

12-avgust kuni Poroshekni “Pryamoy” telekanalini xarid qilishda soliqlardan qochganlik ishi bo‘yicha so‘roq qilingan edi. Sobiq prezident tergovchilarning savoliga salkam 2 soat davomida javob bergan. Suhbatdan so‘ng, idora rahbari Roman Truba keyingi so‘roqlar vaqtida poligrafdan foydalanilishi mumkinligini bildirgan. O‘z navbatida Poroshenko byuroga va tergovning xolisligiga ishonmasligini ma’lum qilgan.