13-avgust kuni soat 19:20 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Ubbeniyazov ko‘chasida joylashgan “Mo‘ynoq akva sanoat” DUK ma’muriy binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qildi.

Foto: Davlat yong‘in xavfsizlik xizmati

Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 19:25 da yetib borib, ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 19:35 da qurshab olinib, soat 19:55 da bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘indan binoning 146 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida binoning 70 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.