Tashqarida havo isigani sari insonlar ham ko‘proq terlashni boshlaydi bu esa organizmning tabiiy holati. Biroq bu holatga ko‘z yumib, noqulay ahvolda yurish yaramaydi.
Har kuni ish, uy yumushlari, tushlik, kechki ovqat – bularning bari mendan katta quvvatni talab qiladi. Ayniqsa, muhim uchrashuvlar vaqtida siz doimo suhbatdoshingiz yoqimli taassurotlar qoldirishingiz kerak. Shu sababli yozda men, avvalambor, organizmni tetik tutishga va ortiqcha terlashdan himoyalanishga harakat qilaman.
Xo‘sh, qanday qilib terlashga qarshi kurashish mumkin? Yoqimsiz hidlardan himoyalanishning imkoni bormi? Sizlarga o‘z tajribamda qo‘llagan ajoyib usulni tavsiya etaman.
1. Tez-tez dush qabul qilish.Yoz kelishi bilan tongda hamda kechki vaqt dush qabul qilishga odatlaning. Bu nafaqat kun davomida ajralib chiqqan terini tozalashga, balki tanangiz tetik va mayin bo‘lishiga ham yordam beradi. Siz tanangizni qanchalik toza saqlasangiz, yoqimsiz terlash ehtimoli shunchaga kamayadi.
2. To‘g‘ri ovqatlanish.Ha, ha, aynan taomlarni to‘g‘ri tanlab iste’mol qilish ham terlashga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘z taomnomangizga mevalar, pishloq, tvorog va tabiiy yogurtlarni qo‘shishga harakat qiling. Qaynoq, achchiq taomlar, sarimsoq, piyoz, karri va boshqa oziq-ovqatlar ham ko‘p teri ajralishi va badbo‘y hidga sabab bo‘ladi.
3. Qulay libosni tanlashKiyimlarni tanlaganda ham doimo e’tiborli bo‘ling. Sintetik matodan tikilgan liboslar havo o‘tkazmaydi va kuchli terlashga sabab bo‘ladi. Uning natijasida esa bakteriyalar rivojlanib, badbo‘y hid paydo bo‘ladi. Ayniqsa, yozda havo o‘tkazuvchi, paxtadan tayyorlangan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq. Hattoki, shifokorlar ham shuni tavsiya etadi!
4. AntiperspirantVa nihoyat, ko‘pchilik tanlov jarayonida nazardan chetda qoldiruvchi terlashga qarshi vosita — antiperspirant ham terlashga qarshi kurashishda asosiy yordamchidir.
To‘g‘risini aytsam, doim antiperspirant tanlaganda uning tarkibi, foydali xususiyatlariga e’tibor qilmay xarid qilaverardim. Biroq bu noto‘g‘ri qaror! Hamisha sinalgan va tibbiy jihatdan tavsiya etilgan vositalarni tanlashga harakat qiling.Bu yili men o‘zim uchun ajoyib yangilikni kashf etdim — ECO DRY! U mutlaqo tabiiy tarkiblardan iborat bo‘lgan antiperspirant bo‘lib, uzoq muddat davomida sizni terlashdan saqlaydi. Siz har kuni doimiy qulaylikni his etasiz.ECO DRY vositasi o‘zining universalligi bilan ajralib turadi: u erkaklar va ayollar uchun birdek ta’sir qiladi, shuningdek, organizmning barcha terlaydigan qismlari (ko‘krak, qo‘ltiq osti, qo‘l kafti, oyoq)ga mos keladi.Siz ham ushbu yangi antiperspirantni qo‘llab ko‘ring. Ishonamanki, ECO DRY sizda ham yaxshi taassurot qoldiradi, yozda ortiqcha va yoqimsiz terlashni oldini olishga yordam beradi.
Darvoqe! Mahsulotni yurtimiz dorixonalaridan topishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefon:
+998 99 400 42 44
+998 93 567 14 14
+998 97 742 14 44
Reklama huquqi asosida.