Daryo

Optik illyuziya: Rangli ko‘rinuvchi oq-qora suratlar (foto)

Bunday oq-qora suratlar rangli chiziqlar hisobiga rangli ko‘rinadi

1 daqiqa o‘qish126 088 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reddit

Quyidagi suratlarga qarang. Ular rangli deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Aslida bu optik illyuziya yaratadigan rangli chiziqlarga ega oq-qora suratlardir.

Foto: Reddit

Meduza’ning yozishicha, ushbu surat Reddit va Twitter’ga joylangan. Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, ularning uncha katta bo‘lmagan ekranga ega telefonida surat haqiqatdan ham rangli ko‘ringan. Faqat kattalashtirib ko‘rgandagina bunday emasligini ko‘rish mumkin.

Ayrimlarning ta’kidlashicha, optik illyuziyani faqat miya yaratmaydi. Surat jpeg formatda saqlangan. U yaxshi zichlanmagan, shu sababli rangli elementlar suratning oq-qora elementlari bilan uyg‘unlashib ketgan.

Optik suratga yana bir misol.

Foto: Reddit

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.