Tunisda bo‘lib o‘tgan para-atletika bo‘yicha Gran-prida turli yo‘nalishlarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur musobaqada jahonning 50 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyurgan para-atletlar ishtirok etdi.
Ta’kidlash joiz, Gran-pri orqali o‘zbekistonliklar jahon chempionatiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.
Quyida musobaqada g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati keltirib o‘tilgan:
Oltin:
- Doniyor Ahmedov — 100 va 200 metrga yugurish
- Mohigul Hamdamova — disk uloqtirish
- Omad Hasanov — balandlikka sakrash
- Bekjon Chevarov — uzunlikka sakrash
- Mohigul Hamdamova — nayza otish
Kumush:
- Ma’ruf Murodullayev — 1500 metrga yugurish
- Mohigul Hamdamova — yadro uloqtirish
- Ma’ruf Murodullayev — 400 metrga yugirish
Bronza:
- Shahnoza Adhamova — uzunlikka sakrash
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)