Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Arkanzas daryosi suvi hafta davomida yoqqan yog‘ingarchilik oqibatida toshib, atrofdagi shaharlarni suv ostida qoldirdi, deb xabar beradi Forum Daily.

Foto: Forum Daily

Foto: Forum Daily

Suv janub tomon harakatlanayotgani sabab Arkanzas shtati poytaxti Litl-Rok amaldorlari shundoq ham zo‘rg‘a turgan to‘g‘onlar tizimini buzib yuborishidan xavotirda. Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida to‘plangan suvlar miqdori 1945-yildan berdi kuzatilgan eng yuqori darajani qayd etgan.

Ob-havo milliy xizmatining ma’lum qilishicha, to‘satdan ro‘y beradigan suv toshqinlari va yog‘inlar shtatda ishlarning qayta tashkil etilishiga xalaqit berishi mumkin.

https://twitter.com/LifeWithWeather/status/1134816210439364608

Armiyaning muhandislik korpusini aytishicha, ushbu hududdagi to‘g‘onlar joriy yilda har doimgidan ko‘proq muddat suvni ushlab turishga majbur bo‘lmoqda. Ayni vaqtda asosiy e’tibor oqim bo‘yicha pastga oqayotgan suvni nazorat qiladigan Konvey ko‘lidagi plotinaga qaratilmoqda.

Foto: Forum Daily

Foto: Forum Daily

Foto: Forum Daily

Foto: Forum Daily

Toshqinlar oqibatida Arkanzasdagi 500 dan ortiq uylarga shikast yetgan, bir nechta ko‘prik yopilgan, shtat kuniga 20 million dollardan ortiq zarar ko‘rmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklamoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi
Salomatlik
Yashirin kasallik: demensiya haqida nimalarni bilish zarur?