Daryo

O‘zbekistonda “Bola huquqlari” sayti ish boshladi

Sayt mazmuni ikki turdagi auditoriyaga — 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ota-onalarga mo‘ljallangan

1 daqiqa o‘qish40 202 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:

Adliya vazirligi tomonidan “Bola huquqlari” sayti yaratildi. O‘zAning yozishicha, sayt taqdimoti 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zA

— Sayt “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yaratildi”, — deydi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sevara O‘rinboyeva.

Uning aytishicha, sayt mazmuni ikki turdagi auditoriyaga — 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ota-onalarga mo‘ljallangan. “Bola huquqlari” odatdagi huquqiy saytlardan farqli ravishda sodda va tushunarli tili hamda yorqin ifoda uslubi bilan ajralib turadi. Matnlar bolalarning yoshiga mos ravishda, ular uchun tushunarli tarzda bayon qilingan. Mazmunni ochib berishda infografika, obrazlar va tasviriy vositalardan unumli foydalanilgan. Yorqin va e’tiborni tortuvchi ranglar, rasmlar va suratlar orqali bolalar uchun qiziqarli dizayn yaratilgan.

Bolalarga mo‘ljallangan kontent qismi elementar tartib-qoidalarni o‘rgatishdan tortib maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, salomatlik, yo‘l harakati qoidalari, odob-axloq qoidalari, tabiatni muhofaza qilish, Konstitutsiya, bola huquqiga oid konvensiya va boshqa hujjatlar haqida ma’lumot berishgacha bo‘lgan turli mazmundagi materiallardan tashkil topgan.

Ota-onalar uchun esa burch va majburiyatlar, farzand asrab olish, turli hayotiy vaziyatlarda ota-onalik majburiyatlarini bajarish va huquqlaridan foydalanish kabi muhim masalalarga oid huquqiy maslahatlar berilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar