Daryo

O‘zbekistonliklar Ilon Maskning 60 ta sun’iy yo‘ldoshining uchib o‘tishini kuzatdi (video)

Niderlandiyalik havaskor astronom o‘zining 50 millimetrlik obyektivli kamerasida video taqdim etdi

1 daqiqa o‘qish73 356 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Sattrackcam.blogspot.com”

O‘zbekiston aholisi 26-mayga o‘tar kechasi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan Starlink (butunjahon interneti) dasturi doirasida uchirilgan 60 ta sun’iy yo‘ldoshning uchib o‘tishini kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.

Foto: “Sattrackcam.blogspot.com”

Niderlandiyalik havaskor astronom Marko Langbruk o‘zining 50 millimetrlik obyektivli kamerasida video olib, oldindan sun’iy yo‘ldoshning uchish vaqti va joyini ma’lum qilgan.

“Mana men tayyorlagan video” — deydi u o‘z blogida.
Loyihaga ko‘ra, Space X butun dunyo bo‘ylab “butunjahon internet”ni tarqatish uchun 11 143 yo‘ldoshni ichidan bir guruhini tanlab oldi (har biri 227 kilogramm). Ulardan ba’zilari 340 kilometr balandlikdagi aylana orbitalarida joylashtirildi, yana bir qismi 550 kilometr balandlikdagi orbitaga joylashtirildi, uchdan bir qismi esa 1 150 kilometr balandlikda bo‘ldi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar