Isroilning G‘azoga uyushtirgan oxirgi hujumidan keyin vayronaga aylangan uylar orasida 650 falastinlik uchun iftor dasturxoni yozildi, deya xabar bermoqda “Azon.uz”.
Iftor Buyuk Britaniyada joylashgan “Al-xayr” xayriya jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi. Unga Isroil hujumida uylari buzilib ketgan falastinliklar taklif etildi. “Al-xayr” vakili Rajab Atalloh Ramazon oyida ularga oz bo‘lsa-da, ruhiy dalda berishni maqsad qilishganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil tomonidan 4—5-may kunlari G‘azo sektorida amalga oshirilgan hujumlarda 25 falastinlik halok bo‘ldi, 150 nafari yaralandi.