“Navbahor” jamoasi Fransiyaning “Lion” klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi xabar berdi.

Foto: PFL

Mazkur hamkorlik doirasida “Lion” jamoasi Xalqaro ishlar boshqarmasi rahbari Klement Mishon 15-may kuni Namanganga tashrif buyurdi.

Tashrifning ilk kunida fransiyalik Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov bilan uchrashib, hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘zaro suhbatlashdi.

Klement Mishon Namangan viloyat futbol akademiyasini ham ko‘zdan kechirdi.

Klement Mishon viloyatda yana 2 kun davomida bo‘lishni rejalashtirgan. Tashrif doirasidan “Navbahor” qoshidagi 17-sonli akademiyaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi bolalar-o‘smirlar sport maktabi, Uchqo‘rg‘on tumanidagi olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati faoliyatlari bilan tanishish o‘rin olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!