15-may, chorshanba kuni Angliyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi.

Foto: MOQ

O‘zbekistonlik sportchilardan birinchi bo‘lib -58 kg vazn toifasi vakili Suhrob Bobobekov dayanga chiqdi. U ilk jangida estoniyalik Aleksandr Galaktionovni 24:5 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Uning navbatdagi raqibi irlandiyalik Jek Vuli bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!