Dunyoga mashhur “Ozodlik” radiosining o‘quvchilari ko‘p. Ular “Ozodlik”ni eksklyuziv maqolalari, shov-shuvli intervyulari va albatta insayder xabarlari uchun o‘qiydi. Lekin pardaning ortida nima borligini — radio shov-shuvli xabarlarni qanday tayyorlashini hamma ham bilavermaydi. Bu haqda “Qo‘shni mahalla” Telegram-kanalida xabar berildi.

Quyidagi videoda “Ozodlik” muxbirlarining qanday ishlashi haqida isbot-u dalillar keltirilgan. Har safar o‘zini turli inson sifatida tanishtiradigan bu muxbirlar jurnalistika qonunlari va jurnalist etikasini oyoqosti qilmoqda.

Bernora Qoriyeva bilan yuz bergan holat buning yaqqol misoli. Agar “xorazmlik Shuhrat” 80 yoshli ayolni aldamay,  o‘zining asl maqsadini aytganida bugun u haqda ijtimoiy tarmoqlarda yomon gaplar aytilmagan bo‘lardi.