Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Abdujalil Qurbonov Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Abdujalil Qurbonov

Abdujalil Qurbonov

Abdujalil Qurbonov 1974-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 1996-yilda Samarqand moliya kollejini, 2008-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi faoliyatini 1996-yilda Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasida boshlagan Abdujalil Qurbonov 23 yil davomida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

U joriy tayinlovga qadar Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Alovitdin Inog‘omov Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Alovitdin Inog‘omov

Alovitdin Inog‘omov

Alovitdin Inog‘omov 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent soliq kollejini, 2009-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

2002-yildan buyon soliq tizimidagi 17 yillik mehnat faoliyati davomida Toshkent shahrining Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda shu kunga qadar Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda