Daryo

Humo Arena ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi

Ochilishi marosimi 15-martga mo‘ljallangan

1 daqiqa o‘qish60 018 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sputnik

15-mart kuni Humo Arena muz saroyi ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi. Bu haqda muz saroyi ma’muriyati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Shuningdek marosimda hukumat va parlament vakillari, viloyat hokimlari, madaniyat va fan arboblari, O‘zbekistonning yetakchi sportchilari, paralimpiya o‘yinlari chempionlari, diplomatik korpus vakillari, sport maktablari hamda mehribonlik uylari bolalari ham ishtirok etadi.

Tantanali ochilish marosimida mehmonlar e’tiboriga lazer shou hamda 3D animatsiya, “Qarsildoq” spektakli va musiqali shou dasturi havola etiladi.

Tadbirda shuningdek, hokkey bo‘yicha Olimpiada chempioni Pavel Bure, olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Valeriy Kamenskiy ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar