Yosemite milliy bog‘iga bir yilda bor yo‘g‘i bir necha kun davom etadigan noyob tabiat hodisasi qaytdi, deya xabar beradi “ForumDaily”.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ushbu tabiat hodisasi hayolot bo‘lib, uning natijasida go‘yoki qaynoq lava qoya bo‘ylab oqayotganday tuyuladi.
“Olovli sharshara”ni bir yilda bor -yo‘g‘i bir marta foto va videoga muhrlash mumkin.
“Olovli sharshara” botayotgan quyosh nurlarini suv oqimiga to‘g‘ri burchak ostida yo‘naltirganda paydo bo‘ladi.
Ushbu hodisa fevralda ikki kun davom etadi va uni ko‘rgani har kuni yuzlab odamlar tashrif buyuradi. Sharsharaning u yoki bu yilda qanday ko‘rinishi qoyadan oqayotgan suvga bog‘liq.
Kaliforniya shtatining Fresno shahridan bo‘lgan fotosuratchi Vache Geyogliyan o‘tgan dushanba kuni kechqurun sharsharani suratga olib, ilk bor ushbu tabiat mo‘jizasining guvohi bo‘lgan.