JARga yevropaliklarning kelishidan ham oldin mavjud bo‘lgan, ammo fanga ma’lum bo‘lmagan yirik shaharlar aniqlandi. Bu haqda Travel Ask xabar berdi.
JAR Vitvatersrand universiteti olimlari Yohannesburg tumanida izlanishlar olib borgan. U yerda qadimiy yirik shaharning izlari topilgan. Tarixchilarning aniqlashicha, bu joyda XV—XIX asrlarda Kveneng shahri bo‘lgan. Yevropaliklar kelgunicha u yerda tsvan xalqi yashab, mana shu shaharni qurgan. Tsvan xalqi vakillari hozirgi kunda ham ko‘pchilikni tashkil etadi. JAR, Nambiya va Zimbabveda besh millionga yaqin tsvanlar yashaydi.
Kveneng shahrini qurgan tsvanlar chorvador xalq bo‘lgan. Qurilgan uylar va binolar 800 ta bo‘lgan. Bu o‘sha davr yevropa andozalariga ko‘ra ham yirik shahar bo‘lgan. Uy va boshqa binolar toshdan qurilgan. Ularga qarab, aholi 10 000 kishi bo‘lgan deya xulosa qilingan.
Izoh (0)