Daryo

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga jo‘nab ketdi

Uchrashuv va muzokarlar natijasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan

1 daqiqa o‘qish80 038 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Federal kansler Angela Merkelning taklifiga binoan 2019-yil 20-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarining hamma sa’y-harakatlari, barcha safarlaridan maqsad bitta – xalqimiz manfaatini ta’minlash. Iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan ham katta maqsadlar ko‘zlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv va muzokarlar natijasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Buxorodanman. Milliy universitetning Filologiya fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yil martidan beri musahhih lavozimida ishlayman va saytda chop etiladigan materiallar, katta maqolalarni tahrirlayman. Har yili “Sherlok”ning yangi va eski filmlarini ko‘rish uchun vaqt topaman. Rabg‘uziy qissalari ish stolimda turadi. Oxirgi o‘qigan kitobim “Hellados”.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.