10-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining 2-tur bahslariga start beriladi.

Foto: Google Images

Ushbu turning “A” guruhidagi ilk uchrashuvda Bahrayn terma jamoasi Tailand termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

“A” guruhining ikkinchi bellashuvida Hindiston termasi BAA terma jamoasi bilan kurashadi. Bahsga 21:00 da start beriladi.

So‘nggi uchrashuvda “B” guruhidagi Iordaniya terma jamoasi Suriya termasi bilan jang qiladi. O‘yin soat 18:30 boshlanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, “B” guruhining ikkinchi o‘yini 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Falastin termasi musobaqa g‘olibligiga da’vogarlardan biri Avstraliya terma jamoasi bilan bellashadi.

Osiyo Kubogi

2-tur bahslari

10-yanvar, payshanba

Bahrayn—Tailand 16:00

Iordaniya—Suriya 18:30

Hindiston—BAA 21:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!