Daryo

Buxoroda avtobus yonishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Avtohalokat sabablari o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi

1 daqiqa o‘qish146 396 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:

Joriy yilning 18-sentabr kuni ertalab soat 08:30 larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi Buxoro—Qorovulbozor magistral yo‘lida 26 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusning yo‘l transport halokatiga uchrashi va gaz balonining portlashi natijasida, 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

5 nafar og‘ir bemorlar RSHTYoIM Buxoro filialiga yotqizildi. 7 nafar bemorning ahvoli o‘rta og‘irlikda, 9 nafarining ahvoli yengil bo‘lib, ular Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Jarohatlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilib, RSHTYoIMdan xirurg, neyroxirurg va reanimatolog mutaxassislari sanaviyatsiya tarmog‘i orqali yuborilgan.

Hozirda jabrlanganlarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanmoqda.

Avtohalokat sabablari o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilgan.

Buxorodanman. Milliy universitetning Filologiya fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yil martidan beri musahhih lavozimida ishlayman va saytda chop etiladigan materiallar, katta maqolalarni tahrirlayman. Har yili “Sherlok”ning yangi va eski filmlarini ko‘rish uchun vaqt topaman. Rabg‘uziy qissalari ish stolimda turadi. Oxirgi o‘qigan kitobim “Hellados”.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.