Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Avstriya shimolidagi Kirxshlag shahri yaqinida kenguruni ko‘rib qolishdi, deb yozadi Meduza. Mahalliy fuqaro oilasi bilan birga “haqiqiy tirik” kenguruni avtomobili yo‘li yaqinidagi yalanglikda ko‘rganini aytdi. Jonivor biroz sakrab yurgan, so‘ng daraxtlar orasiga kirib ketgan.

Kenguru Avstriya o‘rmonida qayerdan paydo bo‘lib qolgani noma’lum, axir bu yer Avstraliya emas-ku. Avstriya politsiyasi okrugda joylashgan hayvonot bog‘lariga qo‘ng‘iroq qilib chiqqan, ammo hech kim kenguru yo‘qolganini aytmagan.

Zoologlar taxmin qilishicha, bu daraxtda yashaydigan kenguru. Boshqa bir versiyaga ko‘ra, bu Bennett kengurusi bo‘lib, u past haroratlarda yashay olishi bilan farqlanadi.

https://instagram.com/p/BnMWdU3AVNW/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=embed_loading_state_control

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi