Daryo

O‘zbekiston Ukraina eksport shakarining 89 foizini xarid qildi

Ukraina eksport shakarining 4 foizi — Moldova, 3 foizi — Ozarbayjon va 2 foizi Tojikistonga to‘g‘ri keldi

1 daqiqa o‘qish21 916 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Spot

Iyul oyida O‘zbekiston, avvalgi oylarda bo‘lgani kabi, Ukraina shakarining asosiy xaridoriga aylandi. Bu haqda Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma’lumotlari guvohlik beradi, deb yozadi Spot.

Foto: Spot

Avvalgi oylardan asosiy farq shundaki, iyul oyida O‘zbekiston deyarli butun shakarni (89 foiz) xarid qildi. Ukraina eksport shakarining 4 foizi — Moldova, 3 foizi — Ozarbayjon va 2 foizi Tojikistonga to‘g‘ri keldi.

Shu tariqa, oxirgi uch oy davomida O‘zbekiston Ukrainadan 100 ming tonnadan ortiq shakar sotib oldi. Taqqoslash uchun, Rossiya butun 2017-yil davomida O‘zbekistonga 109 ming tonna shakar yuborgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar