Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida 4-iyun kuni havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 13-15, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-iyunda kechasi 15-20, 5—6-iyunda 17-22, 4—6-iyunda kunduzi 33-38 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-iyunda kunduzi 29-34, kechasi 17-22, cho‘l hududlarda 25-30 daraja bo‘ladi. 5—6-iyunda 35-40 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 4-iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 5—6-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-iyunda kunduzi 28-33, kechasi 15-20, 5—6-iyunda 33-38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-iyunda kunduzi 33-38, 5—6-iyunda 37-42, kechasi 18-23 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. 4-iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 5—6-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4—5-iyunda kechasi 15-20, kunduzi 27-32, 6-iyunda 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi. 4-iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 5—6-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4—6-iyunda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 4-iyunda 15-20, 5—6-iyunda 20-25 daraja bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi