Bugun, 5-may sanasida Germaniya bundesligasida 33-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi o‘rin uchun kurashayotgan “Borussiya Dortmund” o‘z maydonida “Mayns”ni qabul qiladi. Shu o‘ringa da’vogarlarda yana biri “Shalke-04” esa safarda “Augsburg”ga qarshi maydonga tushadi. Hozirda “Shalke-04” hisobida 57 ochko mavjud, “Borussiya Dortmund”da esa 55 ochko bor.
Chempionlikni muddatidan avval hal qilgan “Bavariya” mazkur turda “Kyoln” mehmoni bo‘ladi. Barcha uchrashuvlar bir vaqtda — 18:30 da boshlanadi.
Bundesliga
33-tur bellashuvlari
5-may, shanba
“Borussiya D” — “Mayns” 18:30
“Leypsig” — “Volfsburg” 18:30
“Kyoln” — “Bavariya” 18:30
“Verder” — “Bayer Leverkuzen” 18:30
“Borussiya M” — “Frayburg” 18:30
“Ayntraxt F” — “Gamburg” 18:30
“Augsburg” — “Shalke-04” 18:30
“Gannover” — “Gerta” 18:30
“Shtutgart” — “Xoffenxaym” 18:30
Fransiya
Kecha, 4-may sanasida Fransiya chempionligini muddatidan avval hal etgan PSJ 36-tur doirasida “Amyen” mehmoni bo‘lib, durang qayd etdi.Ertaga 36-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Liga 1
36-tur bellashuvlari
4-may, juma
“Amyen” — PSJ 2:2
Gollar: 0:1— 26 Edinson Kavani. 1:1 — 47 Mussa Konate. 1:2 — 64 Kristofer Nkunku. 2:2 — 79 Mussa Konate.6-may, yakshanba