Daryo

Farg‘onada 24 yashar singlisini kaltaklagan aka uning o‘limiga sabab bo‘ldi

Furqat tumani, To‘rg‘ay qishlog‘ida yashovchi 32 yoshli I.Mamajonov qo‘lga olindi

1 daqiqa o‘qish111 042 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UzNews

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida 8-aprel kuni soat 01:30 atrofida To‘rg‘ay qishlog‘ida yashagan, 1994-yilda tug‘ilgan S.Mamajonova uyida sog‘lig‘i yomonlashib, to‘satdan vafot etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: UzNews

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida S.Mamajonovaning birga yashovchi akasi, 1986-yilda tug‘ilgan I.Mamajonov uyida oilaviy janjal tufayli singlisining yuzi, badaniga qo‘li va kamari bilan urganligi ma’lum bo‘ldi.

Buning oqibatida S.Mamajanovaning buyragi shikastlanib, yorilgan va ichki qon ketishi tufayli sog‘lig‘i yomonlashib, hayotdan ko‘z yumgan.

I.Mamajonov qo‘lga olindi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar