O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida 31-mart kuni “Forish” tog‘-dala o‘quv bazasida bo‘ldi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning tashrifi chog‘ida harbiylar 25 xil o‘quv-mashg‘ulot mashqlarini namoyish etgan.
Prezident matbuot xizmati va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Prezidentning harbiy o‘quv bazasiga tashrifidan fotosuratlar taqdim etdi.





























