Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Surxondaryoga tashrif buyuradi
Prezident joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va xalqning ahvoli bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi
1 daqiqa o‘qish63 536 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati
Avvalroq, bugun, 17-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Prezidenti raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Selektorda ishtirok etayotgan “Xabar.uz” nashri muxbirining ma’lumot berishicha, joriy yilning 19-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va xalqning ahvoli bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi.