Daryo

Fattoh Shodiyev xalqaro fondi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochdi

Shodiyev xalqaro fondining bosh ofisi Lixtenshteyn knyazligida joylashgan bo‘lib, asosiy maqsadi ilmiy, tibbiy, ijtimoiy, madaniy va ta’lim sohalarida loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va homiylik qilish hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish37 136 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg via Getty Images

Adliya vazirligi tomonidan Shodiyev xalqaro fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Facebook’dagi “Adliya bilan muloqot” sahifasida xabar berildi.

Foto: Bloomberg

Shodiyev xalqaro fondining bosh ofisi Lixtenshteyn knyazligida joylashgan bo‘lib, asosiy maqsadi ilmiy, tibbiy, ijtimoiy, madaniy va ta’lim sohalarida loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va homiylik qilish hisoblanadi.

Fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar uylariga gumanitar ko‘mak va aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish loyihalariga xayriya yordami ko‘rsatishdan iborat.

Foto: Facebook/“Adliya bilan muloqot”

O‘zbekistondagi vakolatxonaning rahbari etib Keyt Elizabet Maguayr tayinlangan.

Ma’lumot uchun: Fattoh Shodiyev kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lib, hozirda Belgiya fuqarosi hisoblanadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar